Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan ijtimoiy, huquqiy masalalarga qaratilgan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida tashrif buyurganlar hamda mahalliy aholi uchun sayyor qabullar tashkillashtirildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari adliya polkovnigi O.Xolboyev, Toshkent harbiy sudi raisi J.Raxmonov va Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari, poytaxtimizda xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mutasaddilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi yodga olinib “Biz Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz tinchligini taʼminlashning ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirishga, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yana-da munosib sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratamiz” degan so‘zlarining mazmun-mohiyati keng yoritib berildi.
Shuningdek, ayollarimiz zimmasida xizmat sohasidagi vazifasidan tashqari, farzandlar tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni mustahkamlash, maʼnaviy-tarbiyaviy anʼanalarni davom ettirishdek murakkab vazifalar ham borligi taʼkidlanib, mehribon opa-singillarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli yo‘lga qo‘yilishi taʼkidlandi.
Tadbir davomidagi tashkillashtirilgan sayyor qabulda xodimlarni ijtioiy qullab-quvvatlash masalalari, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari murojaatiga ko‘ra oliy taʼlim muassalarida o‘qish mobaynida farzandlik bo‘lganliklari bilan bog‘liq ijtimoiy masalalari o‘z yechimini topdi. Ushbu sayyor qabulda Markazga yaqin mahalliy aholi ham tashrif buyurib savollari yuzasidan huquqiy maslahatlar va ularning oson yechimi doirasidagi yo‘nalishlarni aniqlab olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Text to speech