Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan poytaxtimizda patrul-post xizmati xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimi X. I. 5 avgust kuni Qo‘yliq bozorida spirtli ichimlik isteʼmol qilib mast holatda skuterda bozor bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaroni to‘xtatgan.

Fuqaro esa patrul-post xizmati xodimining qonuniy talabiga agressiv munosabatda bo‘lib, yonida bo‘lgan otvertka bilan huquq-tartibot xodimining bel sohasiga urib voqea joyidan yashiringan.

Qo‘yliq bozori hududida jamoat tartibini taʼminlashga masʼul bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi voqeadan xabar topib, darhol ushbu shaxsni qo‘lga olish choralarini ko‘rgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi gumonlanuvchi fuqaroga yetib olib, uni qo‘l jangi uslubi bilan qurolsizlantirgan holda qo‘lga olgan va Bektemir tumanining 4-sonli ichki ishlar bo‘limiga olib borib topshirgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu shaxs Samarqand viloyatida tug‘ilgan 47 yoshli fuqaro A. R. ekanligi, ilgari og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgani va 2016 yilda ozodlikka chiqqanligi maʼlum bo‘lgan.

Ushbu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro A. R. gumonlanuvchi sifatida protsessual tarzda hibsga olingan.

Jabrlangan xodim hozirda shifoxonada, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda.

Text to speech