Tizim fidoyilari hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi
Huquqni muhofaza qilish organlarida va Milliy gvardiya tizimida uzoq yillar davomida turli rahbarlik lavozimlarida sidqidildan xizmat qilib kelgan bir guruh fidoyi ofitserlar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.
Xususan, polkovnik Ilhom Turg‘unov, polkovnik Zokirali Chinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmanov va polkovnik Serik Xabibullaevlarning uzoq yillik xizmatlari alohida yodga olinib, ularning Vatanga sadoqati, xizmat burchiga fidoyiligi va ustoz-shogirt an'analariga xos fazilatlari alohida e'tirof etilib, ko‘p yillik samarali faoliyatlari yosh avlod uchun ibrat ekani ta'kidlandi.
Tadbir davomida nafaqaga kuzatilayotgan faxriy ofitserlarga chuqur hurmat va minnatdorchilik izhor etilib, Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan “Milliy gvardiya faxriysi” ko‘krak belgisi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Faxriylarimizga Milliy gvardiya qo‘mondonligi va barcha shaxsiy tarkibi nomidan mustahkam sog‘liq va oilaviy xotirjamlik tilaymiz! Kelgusida mazmunli hayot kechirishlari yo‘lida doimo omad yor bo‘lsin!