Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar salohiyati, gvardiyachilarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini o‘rganish va takomillashtirishga qaratilgan manzilli ishlar qo‘mondon tomonidan davom ettirilmoqda

Milliy gvardiya bo‘linmalarining jangovar salohiyati, gvardiyachilarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan manzilli ishlar Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan davom ettirilmoqda.
Shu kabi  navbatdagi o‘rganish ishlari Farg‘ona viloyatidagi 82318 sonli harbiy qismda olib borilib, har qanday xavf-xatarlarni oldini olish va bartaraf etish borasida maxsus otryadlarning jangovar va maxsus tayyorgarligi,  xususan shahar sharoitidagi nostandart vaziyatlarda gvardiyachilarning to‘g‘ri va ishonchli harakatlari  ko‘zdan kechirildi.
Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan dunyo va mintaqamizda yuz berayotgan ijtimoiy va harbiy siyosiy vaziyatlar tahlil qilingan holda qator misollar keltirilib, amaliy mashg‘ulotlarni haqiqiy holatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda hamkor vazirliklar bilan birgalikda olib borilishini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bo‘linmalarning o‘ziga xos vazifalaridan kelib chiqqan holda boshqaruv tizimining zamonaviy usullari  jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borilishiga oid vazifalar belgilab berildi.
Tadbir so‘ngida, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan video-selektor tarzidagi yig‘ilish o‘tkazilib, unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarlari, tarkibiy va hududiy boshqarma boshliqlari, shuningdek taklif qilingan sohaga oid mas’ul rahbarlar hamda serjantlar tarkibi ishtirok etishdi.
Unda o‘tgan olti oy yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan hay’at yig‘ilishida belgilab berilgan muhim vazifalar va ularning amaliy  ijrosi hamda qo‘mondonlik tomonidan manzilli o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar viloyatlar kesimida tahliliy va tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ijro muddatlari belgilangan holda tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech