Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi masalalari ayol harbiy xizmatchi va ishchi xizmatchilar ishtirokida muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy apparatida ayol harbiy xizmatchi va ishchi xizmatchilar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisni tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasining masʼul ofitseri podpolkovnik B. Ashirmatova ochib berdi. Ishtirokchilarni kutib olgandan so‘ng, podpolkovnik B. Ashirmatova shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining katta ofitseri podpolkovnik N. Urunbayevani tanishtirdi. Uning xizmat vazifalari doirasiga ayol harbiy xizmatchi va ishchi xizmatchilar bilan ishlash, ularga ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam berish, hayotiy qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash ham kiradi.

Majlisda Milliy gvardiya qo‘mondonining "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘iga shaxsiy tarkib va ishchi xizmatchilar tomonidan rioya etilishi muhokama qilindi. Xodimlarning xizmatdagi va xizmatdan tashqari vaqtdagi xatti-harakatlari, tashqi ko‘rinishi hamda jamoada va fuqarolar bilan muloqot qilish uslubi idoraning obro‘si va imidjiga bevosita taʼsir qilishi taʼkidlandi. Qatnashchilarga do‘stona, to‘g‘ri va diqqatli bo‘lish, fuqarolar va hamkasblar bilan muloqotda bag‘rikenglik va hurmat ko‘rsatish, shuningdek, xushmuomalalik, kamtarlik va vazminlik Milliy gvardiya organlarida xizmat qiladigan har bir xodim va ishchi xizmatchining vazifasi ekanligi eslatib o‘tildi. Maʼruzachilar fuqarolarda xodimning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikga, shuningdek, Milliy gvardiya obro‘siga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlardan munosib ravishda chiqib ketishga chaqirishdi.

Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qatnashchilarning fikr va takliflari tinglandi, savollarga javoblar berildi.

Text to speech