Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya boʻlinmalarining jangovar salohiyati, shaxsiy tarkibning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Boʻlinmalarning jangovar salohiyati, gvardiyachilarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan alohida eʼtibor qaratilib, taktik-oʻquv mashgʻulotlari davomida maxsus boʻlinmalarning hamkorlikdagi harakatlari zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib borilmoqda. 
Unda Milliy gvardiya boʻlinmalarining oʻziga xos vazifalaridan kelib chiqqan holda gvardiyachilarning jangovar va maxsus tayyorgarligi, xususan shahar sharoitidagi nostandart vaziyatlarda, shuningdek mudofaa yoʻnalishi va togʻ-tayyorgarlik  boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni haqiqiy holatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda olib borilib, boshqaruv tizimining zamonaviy usullarini yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, qoʻmondon tomonidan navbatdagi manzilli oʻrganish ishlari  Toshkent shahridagi batalonlarning birida olib borilib,  unda har qanday xavf xatarlarni oldini olish va bartaraf etish borasida shaxsiy tarkibning doimiy jangovar shayligini yuqori darajaga olib chiqishda, jahon tajribalari tahliliy oʻrganilgan holda  takomillashtirib borilishiga doir  aniq vazifalar belgilab berildi.

Text to speech