Milliy gvardiya faoliyatini tarannum etuvchi “Eng yaxshi she’r” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Tanlovning hududiy bosqichlarida saralab olingan eng sara ijodiy ishlar Respublika bosqichida o‘zaro bellashdi. Unda nafaqat Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, balki yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ijodkor fuqarolar ham faol ishtirok etdi.
Tanlovda ishtirok etgan she’rlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli shoir va adiblar hamda Milliy gvardiya rahbariyati vakillaridan iborat malakali hakamlar hay’ati tomonidan g‘oyaviy mazmuni, Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhining ifodasi, badiiy mahorati, mavzuning to‘liq yoritilgani hamda ijodiy yondashuv mezonlari asosida xolis baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlov g‘oliblari harbiy xizmatchilar va fuqarolar yo‘nalishlari bo‘yicha alohida baholanib, quyidagi o‘rinlarni egalladi.
Harbiy xizmatchilar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi xizmatchisi Djabbarov A. – "Milliy gvardiyaning o‘g‘lonlarimiz" she’ri bilan;
🥈 2-o‘rin – Toshkent viloyati bo‘yicha MHX oddiy askari Abdug‘aniyev K. – "Gvardiyachilarsiz" she’ri bilan;
🥉 3-o‘rin – Jamoat xavfsizligi universiteti leytenanti Baxtiyorov F. – "Milliy gvardiya" she’ri bilan.
Fuqarolar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Farg‘ona viloyatidan To‘xtasinov A. – "Milliy gvardiya" she’ri bilan;
🥈 2-o‘rin – Jizzax viloyatidan Qo‘ylonova N. – "Milliy gvardiya" she’ri bilan;
🥉 3-o‘rin – Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi vakili Rustamov A. – "Burch" she’ri bilan.
Tanlov yakunida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi. Harbiy xizmatchilar diplom hamda pul mukofotlari bilan, fuqarolar esa diplom va kitoblar to‘plami bilan rag‘batlantirildi.
Mazkur tanlov Milliy gvardiya va ijod ahli o‘rtasidagi ma’naviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, Vatanga sadoqat, xalq manfaatlariga fidoyilik, tinchlik va osoyishtalik g‘oyalarini badiiy ijod orqali keng targ‘ib etish, shuningdek, iste’dodli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.