Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya saflaridagi To‘maris izdoshlari dala o‘quv mashg‘ulotlarida bilim, ko'nikma va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan  ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish va ularning turli sohalardagi faolligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda va bunda gender tenglikni ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan. 
Bu borada Qurolli Kuchlar tizimida ham ayollarning ishtiroki  yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilayotgan qizlar sonining so‘ngi yillarda o‘sib borayotganligi va erkaklar bilan bir safda turib yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtadigini ta’minlashdek mashaqqatli va sharafli vazifalarni ado etaytganliklari muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun esa gvardiyachi qizlardan yuqori jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik talab etiladi. Kuni kecha dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari esa fikrimiz dalilidir.
Mashg‘ulotlarda ayol harbiy xizmatchilar yigitlar bilan yelkadosh bo‘lib, barcha jarayonlarda faol ishtirok etgan holda o‘zlarining jismoniy va harbiy tayyorgarlik darajasini amalda namoyon etishdi. Ular taktik mashqlarni bajarish, o‘q otish, jangovar vaziyatda harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi ko‘nikmalar bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
Bu kabi mashg‘ulotlar gvardiyachi qizlarning jasorati va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech