Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA TIZIMIDAGI YOSH AVLOD BILAN “GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI” BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning intellektual va maʼnaviy salohiyatini roʻyobga chiqarish, shuningdek, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Davlatimiz rahbarining eʼtibor markazida boʻlgan asosiy yoʻnalishlardan biridir.
Bu borada olib borilayotgan islohotlarning muhim jihatlari hamda globallashuv jarayonida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa muhim ahamiyat kasb etadi, shu maqsadda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor Rustam Djurayevning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanova ham ishtirok etdi.
Tadbirda tizim faxriylari, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi, Harbiy musiqa akademik litseyi, “Jasorat maktabi” oʻquvchilari hamda 22 va 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar boʻylab  3000 ga yaqin yosh gvardiyachilar videokonferensaloqa orqali ishtirok etishdi.  
Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markaziga tashrif buyurgan yoshlar orkestr ijrosidagi kuylar sadosi ostida tantanali ravishda kutib olindi. Ular uchun kitoblar yarmarkasi, kursantlarning ratssionalizatorlik ishlanmalari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasviriy sanʼat va rassomchilik koʻrgazmasi, robototexnika vositalari, shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan qoʻl mehnati koʻrgazmasi va boshqa tematik ekspozitsiyalar namoyish etildi.
Tadbirning rasmiy qismida Milliy gvardiya qoʻmondoni nutq soʻzlab, yoshlarni Yangi Oʻzbekiston kelajagi, millat tayanchi sifatida eʼtirof etib, ular uchun Davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, taʼlim, harbiy-vatanparvarlik, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va Milliy gvardiya tizimidagi loyihalar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanova ham soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari tomonidan erishilayotgan ulkan yutuqlar, dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilayotgani haqida qator misollar keltirib oʻtgan boʻlsa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova onlayn tarzda ishtirok etib, oʻzining joʻshqin tilaklari bilan yoshlarga kelajakdagi orzu-umidlariga erishish yoʻlidagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishga katta motivatsiya berdi.
Ochiq muloqot ostida davom etgan uchrashuv mobaynida yoshlar soʻzga chiqib, Yurtboshimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ishonch ularni yanada faol, tashabbuskor va masʼuliyatli boʻlishga undayotganini faxr bilan taʼkidlashdi va oʻz fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish bilan birga takliflarini ham berib oʻtishdi.
Shundan soʻng, Jamoat xavfsizligi universiteti, “Temurbeklar” maktabi, Harbiy musiqa akademik litseyi hamda “Jasorat maktabida”da tahsil olayotgan, namunaviy xulqi va aʼlo baholari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 10 nafar yoshlar Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarda katta ruhiy koʻtarinkilik uygʻotdi.
Ushbu “General va yoshlar” ochiq muloqotining asosiy maqsadi — yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik va masʼuliyat tuygʻulari asosida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanini chuqur singdirishdan iborat boʻldi.

Text to speech