“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida tashkillashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, kuch tuzilmalari mutaxassislari uchun tajriba almashish maydoni bo‘ldi

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi bazasida 2025 yil                  20-21 avgust kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlarida jangovor va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi va harbiy oliy taʼlim muassasalari professor o‘qituvchilari hamda kursantlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik A.Sormonqulov kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu konferensiya davomida ko‘rib chiqiladigan masalalar, kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustaxkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritdi.

Shuni taʼkidlash joizki, ushbu mavzuga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada bo‘linmalarda mavjud muammolarga yechim topish, tayyorgarlik tizimini yana-da takomillashtirish, hamkorlikdagi vazirlik va idoralar bilan tajriba almashish, bo‘linmalarda mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasidan olingan bilim va ko‘nikmalarni namoyon etib, bo‘linmalarga tatbiq etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tizimini yaratish maqsad etib belgilandi.

Anjuman davomida soxaga oid mutaxassislar tomonidan, zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizligimizga mavjud tahdidlarga munosib qarshilik ko‘rsata olish, harbiy xizmatchilarni professional tayyorgarligini yana-da takomillashtirish, bo‘linmalarni doimiy jangovar shay holatda ushlab turish zamirida jangovar va maxsus tayyorgarlikni  o‘rni to‘g‘risida maʼruzalar qilindi.

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda jangovar harakatlarning taktik jixatlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv materiallari asosida interaktiv tarzda takliflar berildi. Shuningdek, sunʼiy intelekt, kiberxavfsizlik va dronlardan foydalanishning zamonaviy ko‘rinshlari haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.

 Ikki kun davom etgan  konferensiyaning amaliy qismida Milliy gvardiya bo‘linmalarida mavjud qurollar, mashg‘ulotlarni tashkillashtirishning zamonaviy usullari, yangicha taktik  harakatlar amalda namoyish etildi.

Bahs va munozaralarga boy o‘tgan mazkur ilmiy-amaliy konferensiya yakunida    kelgusida kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytiirgan holda, birgalikda o‘tkaziladigan o‘quv yig‘in va mashg‘ulotlar to‘g‘risida bir qator masalalar kelishib olindi.

Tadbir so‘ngida o‘z maʼruza va takliflari bilan ishtirok etgan hamkor vazirlik va kuch tuzilamalari vakillari Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech