Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida "Yoshlar bilan ochiq muloqot" mavzusida 300 dan ortiq yoshlar ishtirokidagi tadbir bo‘lib o‘tdi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida "Yoshlar bilan ochiq muloqot" mavzusida 300 dan ortiq yoshlar ishtirokidagi tadbir bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbir joriy yilning 18 fevral kuni Milliy gvardiya tomonidan Yoshlar ishlar agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilib, unda qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik SMamayusupov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi MValiyev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibotchisi, professor JShermuhammedova, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i ShOlimov hamda 300 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida davlat madhiyasi sadolari yangrab, barcha ishtirokchilar tomonidan jonli ijroda kuylandi.

Shundan so‘ng, tizimda yoshlarga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tasvirlangan videorolik namoyish etiladi.

Muloqot davomida so‘z olganlar yoshlarga oid yangi qabul qilinayotgan qaror, farmon va ularning ijrosi, yoshlarga berilayotgan eʼtibor va ularda yot , begona g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalarga to‘xtalib o‘tdilar.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mehmonlar tomonidan o‘tkazilgan treninglar va so‘zlab berilgan hayotiy misollar yoshlarda elparvarlik, har bir ishga bo‘lgan masʼuliyat kabi tuyg‘ularni, shuningdek, harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da ortishiga keng zamin yaratdi.

Bundan tashqari markaz hududida qurol aslahalar va tasviriy sanʼat asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilinib, yoshlar sanʼat bilan bir qatorda, harbiy sohaga oid ko‘plab maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, faol ishtirok etgan yoshlar Kamondan otish sport turida o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik sifatida esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Text to speech