Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Joriy qilingan yangi tizim asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

Mamlakatimizda joriy qilingan yangi tizimga asosan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida bugungi kunga kelib mutlaqo yangi metodikalar ishlab chiqildi va davlatimiz rahbarining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarori qabul qilindi.

Unga asosan bolalarning oilaviy sharoitga xos tarbiya olishlari, ularni fan, IT, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish  borasida joylardagi hokimliklar, Halq taʼlimi, Milliy gvardiya va boshqa hamkor vazirliklar bilan birgalikdagi tizimli ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning Samarqand shahrida joylashgan  Mehribonlik uyida qay darajada amalga oshirilayotganligi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, viloyat prokurori R.Masharipov va viloyat halq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyevalar mazkur muassasaga tashrif buyurib, ushbu Mehribonlik uyi direktori  M.Faxriddinova boshchiligidagi jamoaning tarbiyachi hamda psixolog xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qisqa vaqt mobaynida amalga oshirlgan ishlar natijasida ushbu Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining 17 nafari o‘z ota-onasi bag‘riga kaytarilgani, 4 nafari   farzandlikka olingani va 2 ta oila besh nafardan 10 ta o‘g‘il-qizni  oila aʼzosi sifatida qabul qilganliklari yodga olindi.

Uchrashuv davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni, yurtboshimiz tashabbusi bilan joriy qilingan ushbu yangi tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad va bu yo‘nalishda belgilab berilgan vazifalarning mazmun mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tib, bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashda tarbiyachi hamda psixologlarning o‘rni va vazifalari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tashrif yakunida Milliy gvardiya qo‘mondoni, mazkur Mehribonlik uyiga murojaat qilib kelgan hamda shu yerdagi bolajonlardan 5 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olish istagida bo‘lgan oilani uchratib, ular bilan yaqindan suxbatlashdi va halqimizga xos oliyjanoblik bilan ezgu ishga qo‘l urayotganliklarini qo‘llab-quvvatlashini aytib, o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Shuningdek, bu kabi mehridaryo fuqarolarimizga  o‘rnatilgan tartibda ko‘mak berilishi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni, viloyat mutasaddi rahbarlari bilan  birgalikda “SOS” O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand shahar filiali va Yoshlarga hamroxlik qilish xizmati faoliyati bilan tanishdi. Unda mazkur muassasa rahbari D.Davronova bilan uchrashib, bu yerdagi tarbiyalanuvchi yoshlar uchun ham joriy qilingan yangi tizim doirasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi, hozirda ularning bilim olishlari hamda kasbga yo‘naltirish borasida zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishi va bunga Milliy gvardiya bo‘linmalari hamkor vazirliklarni jalb qilgan holda yaqindan yordam berishi yuzasidan vazifalar belgilandi.

 

Text to speech