Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA IXTISOSLASHTIRILGAN O‘QUV MARKAZIDA NAVBATDAGI BITIRUV TANTANASI

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish hamda o‘z kasbining professionallari bo‘lib yetishishlari uchun bir qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu jumladan, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirgan o‘quv markazida ham bir qator o‘quv kurslari tashkil etilgan. Mazkur “Mutaxassislarni tayyorlash kursi”da Milliy gvardiya Toshkent shahar va Toshkent viloyati boshqarmasi harbiy qismlari hamda Ichki Ishlar Vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari serjantlik lavozimida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan 100 nafar oddiy askar va serjantlar tarkibi o‘z bilim va mahoratlarini oshirdi.

Bitiruv tadbirida tinglovchilarga O‘quv markazi boshlig‘ining buyrug‘i o‘qib eshittirilib, sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik X.Dadaboyev so‘zga chiqib, o‘quv kursi davomida bitiruvchilarning bilim va malakalarini yana-da oshirishda O‘quv markazi jamoasi harakat qilganligini aytib o‘tib, ularni yaxshi va aʼlo baholarga o‘qib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, sertifikatlar olgani bilan tabrikladi va xalq manfaati yo‘lidagi xizmat faoliyatlariga omad tiladi.

Text to speech