Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya yoshlar nigohida: Harbiy qismda bir kun.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari bugun amalda ijro etilmoqda. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida faoliyat olib borayotgan Respublika ishchi guruhi yoshlar yetakchilariga o‘g‘il-qizlarning kasb- hunar, sport, fan to‘garaklariga qiziqishlari hamda orzu istaklarini ro‘yobga chiqarish borasida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlarida ko‘mak berib, bu borada ular bilan hamkorlikda tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Milliy gvardiyaning Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismida o‘tkazilgan "Milliy gvardiya yoshlar nigohida" mavzusidagi ochiq eshiklar kuni ham kun mavzusiga oid tadbirning navbatdagisi bo‘ldi.

Tadbirga Buloqboshi, At-Termiziy va O‘rmonbog‘ MFY bitiruvchi sinf o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar taklif etildi. Masʼul vakillar tomonidan ularning fan va to‘garaklar, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlari suhbat jarayonida o‘rganildi. Shuningdek, faol ishtirok etgan yoshlar harbiy qismdagi tulporlar bilan tanishib, ot minish imkoniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, yoshlar Kinologiya xizmati xizmat itlarining jinoyatlarni qanday fosh etishlari va ularni jilovlash borasidagi harakatlarning guvohi bo‘ldi. Bundan tashqari tosh ko‘tarish,qo‘l jangi, boks, sportning kamondan otish turi bo‘yicha xam mahorat darslarida qatnashdi.

Harbiy xizmatchilarning tog‘ balandligi tayyorgarligi mashg‘ulotlari, tez tibbiy yordam ko‘rsatish kabi o‘quv nuqtalari o‘quvchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida Respublika ishchi guruhi aʼzolari tomonidan yosh avlodga tashakkurnoma va sovg‘alar taqdim etilib,maʼdaniy-maʼrifiy kecha kuy- qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Text to speech