Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MUTAXASSISLARNING KASB MAHORATLARI OSHIRILDI

Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirgan o‘quv markazi “Mutaxassislarni tayyorlash kursi”larida tahsil olgan Milliy gvardiya hamda Ichki Ishlar Vazirligi Qorovul qo‘shinlari bo‘linmalari mutaxassislarining bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Kurs davomida tinglovchilarga Markaz o‘qituvchilari tomonidan harbiy xizmatchilarning mutaxassisliklari bo‘yicha o‘q otish, balandlik ishg‘ol, ruhiy-jismoniy, aloqa, razvedka, maxsus taktik hamda harbiy muhandislik tayyorgarligi fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Mazkur o‘quv kurslari davomida “Moddiy-texnik taʼminot” siklida zirhli texnika haydovchilarini tayyorlash kurslari tashkil etilib, unda tinglovchilar bilan kunduzgi va tungi amaliy haydash mashg‘ulotlari bilan birga texnikalarga xizmat ko‘rsatish usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

Shu bilan bir qatorda, zirhli texnikalarga xizmat ko‘rsatish va ularni taʼmirlashni o‘rganish jarayoni Chirchiq shahrida joylashgan “Zirhli texnikalarni taʼmirlash” zavodida amalga oshirildi.

O‘quv kurslari yakunida Markaz o‘qituvchilari tomonidan nazariy va amaliy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha yakuniy sinovlar qabul qilindi.

Shundan so‘ng Markaz “Mutaxassislarni tayyorlash kursi”da tahsil olgan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Text to speech