Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Namanganda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan oʻgʻirlikda gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi

Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” bozorida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya xodimlariga 29 iyul kuni soat 16.40 larda fuqaro A.J. murojaat qildi.
Ayolning maʼlum qilishicha, nomaʼlum shaxs uning sumkasini hojatxona yonidagi stol ustiga qarovsiz tashlab qoʻyganligidan foydalanib, unda boʻlgan pul va boshqa qimmatbaho buyumlarni oʻgʻirlab ketganligini aytgan.
Xodimlar tomonidan videokuzatuv kameralari orqali huquqbuzar tezda aniqlanib, bozor hududidan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasdan oʻz vaqtida qoʻlga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu huquqbuzar Minbuloq tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro M.M. ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.Namanganda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan oʻgʻirlikda gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi

Text to speech