Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

NAMANGAN VILOYATIDA HAM MEHRIBONLIK UYI ESHIKLARI YOPILDI

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida joriy qilingan yangi tizim va unda belgilab berilgan aniq va maqsadli vazifalar mehridaryo xalqimiz qalbidan joy olib ulgurdi.

Bugungi kunga kelib respublikamiz bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini o‘z qaramog‘iga olayotgan oilalar soni ko‘payib borayotgani natijasida Navoiy hamda Namangan viloyatlaridagi mehribonlik uylarida bironta qalbi o‘ksik bolajon qolmasdan ushbu muassasalar eshiklari butkul yopilganligi fikrimiz dalilidir.

Oilaviy bolalar uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yishdek ezgu ishga qo‘l urayotgan zamonamiz qahramonlari bilan suhbatlashganda “Mehribonlik uylarida hech kim qolmasligi kerak, shundagina ulug‘ ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz ruhlari shod bo‘lib, bizdan rozi bo‘ladilar” deya bildirgan fikrlarini eshitib, oliyjanob xalqimiz borligidan va shu yurtda tug‘ilib o‘sayotganimizdan beixtiyor qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘usi jo‘sh uradi.

Xususan, Namangan viloyat hokimligi, Xalq taʼlimi va Milliy gvardiya ko‘magida 26-sonli Mehribonlik uyida yashab kelgan 41 nafar murg‘ak qalb egalari bo‘lmish tarbiyalanuvchilardan 26 nafari o‘z oilasiga va yaqin qarindoshlariga 15 nafari esa oila sharoitidagi muhitda yashashdek baxtga va ota-ona mehriga ega bo‘ldilar.

Kuni kecha ushbu Mehribonlik uyidan 5 nafar so‘ngi tarbiyalanuvchilarni o‘z bag‘riga olgan Ismonboyevlar oilasi Namangan viloyatida Mehribonlik uyi eshiklari yopilib faoliyati butkul tugallanishiga hamda “Mehribonlik uyi” degan qalblarni og‘rituvchi yozuvlarning olib tashlanishiga munosib hissa qo‘shgan holda zamonamiz qahramonlariga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz ilk bor respublikamiz bo‘ylab Navoiy viloyatida Mehribonlik uylari eshiklari yopilib, viloyatda mavjud Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarida yashab kelgan 96 nafar qalbi o‘ksik, tarbiyalanuvchilardan 53 nafari oilaviy bolalar uylariga, 11 nafar o‘g‘il-qizlar o‘z oilasiga va yaqin qarindoshlari bag‘riga, shuningdek 32 nafari taʼlim muassasalariga o‘qishga kirib mustaqil hayotni boshlaganliklari munosabati bilan ushbu muassasa o‘z faoliyatini tugallagan edi.

Text to speech