Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORTCHILARIMIZNING NAVBATDAGI G‘ALABASI

Aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi tomonidan joriy yilning 7-10 sentyabr kunlari Toshkent shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida aralash jang sanʼati bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Milliy gvardiya terma jamoasi tarkibida 11 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan bahslarda qo‘riqlash xizmatining Toshkent shahar, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari boshqarmalarining safdor xodimlari Ataxodjayev Zafar, Eshnazarov Meliqul, Ibrohimov Abdumannonlar 3-o‘rinni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi katta leytenant Abdullayeva Umida va Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi oddiy askar Abdurahmonov Hushnud faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

G‘olib bo‘lgan sportchilarimiz 2023 yilning noyabr oyida Albaniya davlatida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olishdi.

Harbiy xizmatchilarimizni erishgan zafarlari bilan muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ham g‘alaba va muvaffaqiyatni qo‘ldan bermasdan, faqat ulkan yutuq sohiblari bo‘lishlarini tilab qolamiz!

Text to speech