Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘G‘IRLIKKA QO‘L URGAN SHAXS QO‘LGA OLINDI

Joriy yilning 22 fevral kuni soat 03:06 da Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan “Media System Invest” MCHJga qarashli internet klubidan Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Monitoring markaziga “tashvish” xabari kelib tushgan.

Olingan xabarga asosan voqea joyiga yetib borgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan nomaʼlum shaxsning internet klubidan bir dona uyali aloqa vositasi hamda qora rangli sumkani o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olinib, tumandagi IIB ga olib borib topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu nomaʼlum shaxs 1984 yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro A.G‘. ekanligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tumanning 4-sonli IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech