Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Olmazor tumanida do‘kondan turli buyumlar o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi.

Joriy yilning 17 iyun kuni soat 14:06 da Olmazor tumani “Qo‘riqlash” bo‘limiga Nozimaxonim ko‘chasida joylashgan “Aziya Xidoyat“ MCHJga qarashli Gastronom do‘konidan “tashvish” xabari kelib tushgan. Mazkur xabarga asosan THG xodimlari voqea joyiga yetib borgan.

Do‘kon xodimlarining so‘ziga ko‘ra ular do‘kondan mahsulotlarni yashirin ravishda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan ona va voyaga yetmagan qizni payqagach tashvish tugmasini bosgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida “Qo‘riqlash” bo‘limi hamda ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘g‘irlikda gumon qilingan fuqarolar qo‘lga olingan.

Olmazor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 38 yoshli fuqaro A.D. bir oy davomida yashirin ravishda mazkur do‘kondan turli buyumlarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib, umumiy zarar miqdori 40 million so‘mdan oshganligi maʼlum bo‘lgan. Shu bilan birga,fuqaro A.D voyaga yetmagan qizini ham bu ishga ishlarga jalb qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari Olmazor tumani IIB TB tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech