Qo‘qon shahrida kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Joriy yilning 1-dekabr kuni Qo‘qon shahar IIB, Milliy gvardiya va Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 25 yoshli P.M. va 24 yoshli M.R.larning jinoiy harakatlari fosh etildi.
Ma'lum bo‘lishicha, ular o‘zaro jinoiy til biriktirib, maxsus xaridorga 160 million so‘m miqdoridagi pul evaziga 500 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotishga kelishgan. Ular xaridorga 71 dona dori vositalarini berib, qolgan 429 dona o‘rniga esa 3 ta qop va 1 dona qutiga toshlar solib, sotishga uringan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda Qo‘qon shahar IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.