Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘QUVCHILARIMIZ YUTUQLARI

O‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bilimlarini takomillashtirish hamda ular o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Olimpiadada Milliy gvardiya idoraviy akademik litseylari hamda Jizzax viloyatidagi “Temurbeklar o‘g‘lonlari” nodavlat taʼlim muassasasi 10 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, aniq fanlar (matematika) yo‘nalishida umumtaʼlim fanlari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Mazkur fan olimpiadasi konkurs xarakteriga ega intellektual ijodiy tadbir bo‘lib, o‘quvchilar orasida aniq fanlar yo‘nalishida egallagan chuqur bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Fan olimpiadasida har bir o‘quv muassasasidan ikkita sinfning 5 nafardan jami 10 nafar eng zukko va bilimli o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ularga 50 tadan iborat matematika fanidan test savollari taqdim etilib, maʼlum vaqt belgilandi.

Musobaqa shaffof va xolis o‘tishi uchun Xalq taʼlimi vazirligi masʼul vakillari va Milliy gvardiya qo‘mondonligi Harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassis ofitserlari test jarayonlarini kuzatib bordilar.

Belgilangan vaqt o‘z nihoyasiga yetgach, yakuniy natijalar mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan tekshirildi. Natijaga ko‘ra Temurbeklar maktabi o‘quvchilari aniq fanlar yo‘nalishida tengdoshlaridan biroz ustun ekanliklarini amalda isbot etishdi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali sertifikatlar topshirildi.

Text to speech