Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!” shiori ostida bayram konsert dasturi tashkil etildi.

Unda olima, falsafa fanlari doktori, professor J.Shermuhamedova, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, tizim faxriylari, gvardiyachilarning oila aʼzolari hamda “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Mustaqillik bayrami munosabati bilan xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan, fidoiylik va masʼuliyatli mehnati bilan alohida namuna koʻrsatayotgan gvardiyachilar, tizim faxriylari va samarali hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar vakillari Milliy gvardiya qoʻmondonining tegishli buyrugʻi asosida idoraviy koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shundan soʻng, Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar va “Toshkent zebolari” raqs jamoasining jonli chiqishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bunday tadbirlar yurtimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlayotgan gvardiyachilar hamda ularning oilalari uchun bayram kunlarida munosib hordiq va ruhiy yangilanish manbai boʻlib xizmat qiladi.

Text to speech