Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI  BILAN O‘ZBEK JANG SANʼATI FEDERATSIYASI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

Joriy yilning 13 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda  O‘zbek jang sanʼati federatsiyasi raisi boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbek jang sanʼati aynan etnosport turlaridan biri ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tishdi va kelgusida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Memorandumga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:

sportning O‘zbek jang sanʼati turiga oid masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, tushuntirish va maslahatlar berish, tizim sportchilari uchun amaliy yordam ko‘rsatish, o‘quv qo‘llanma kitoblar chop etish hamda seminarlar o‘tkazish;

nufuzli chempionatlar hamda xalqaro turnirlar g‘oliblari ishtirokida yosh sportchilar, xodimlarga master-klasslar tashkillashtirish;

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) O‘zbek jang sanʼati sport turiga aʼzo qilish;

har ikkala tomondan o‘tkazilgan xalqaro  va respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etish;

bayram tadbirlari, musobaqalarda Tomonlarning turli ko‘rgazmali chiqishlarini tashkillashtirish;

hududlardagi iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida Tomonlarning hamkorlikdagi sport tadbirlarini o‘tkazish;

o‘zaro tajriba almashnuvini tashkil etish  maqsadida O‘zbek jang sanʼati sohasida turli konferensiya, seminar, uchrashuv, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish;

mazkur sport turining chavandozlik, kamondan o‘q otish yo‘nalishlari bo‘yicha Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlariga belgilangan tartibda mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini tashkillashtirish;

sport turi bo‘yicha sport ustasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzoligi tarkibiga bo‘lgan sportchilarni tizimga belgilangan tartib qoidalar bo‘yicha xizmatga qabul qilish;

harbiy xizmatchi va xodimlarga sport turining Vatan, Istiqlol, Qalqon, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon Mahmud, Alpomish, Bobur Mirzo, Al-Xorazmiy, Ibn-Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al-Farg‘oniy, Shiroq, At-Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Temur Malik, O‘zbekiston kabi kompleks mashqlarini malakali trenerlar tomonidan o‘rgatib borish;

Viloyatlardagi oliy mahorat maktablari, olimpiya zaxiralari sport kollejlari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida sport turi bo‘yicha sport bo‘linmalarining ochilishini hamkorlikda tashkillashtirish.

 

Text to speech