Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizda Milliy gvardiya boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda

Avval xabar berganimizdek, Poytaxtimiz tumanlarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish va mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan Milliy gvardiya boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlar davomida poytaxtimizning Shayxontoxur tumanida Aholi kayfiyatiga bevosita taʼsir qiluvchi masalalar va fuqarolar muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganib, ularni tezkor hal etish ishlariga jalb etilgan davlat organlari va tashkilotlarining respublika darajasidagi masʼullari qator ijtimoiy muammolarning ijobiy xal etilishiga o‘z eʼtiborlarini qaratishdi.

Xususan, tumandagi 37 ta bolalar maydonchalarida obodonlashtirish, taʼmirlash, bo‘yash, qum yotqizish ishlari amalga oshirilib, taʼmir talab yo‘llarga 750 metr asfalt qoplamalari yotqizildi. Qizil toifa kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni bandligini taʼminlash, sportga, kasb-hunarga jalb etish borasidagi ishlar ham jadal olib borilmoqda. Shu maqsadda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan 12 ta harbiy vatanparvarlik, madaniy, maʼrifiy va konsert dasturlari o‘tkazildi. Probatsiya nazoratida turuvchi 3 nafar yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib ijtimoiy va amaliy yordam choralari ko‘rildi. Mahalla yoshlarini ot sportiga qiziqishini uyg‘otish maqsadida ular uchun Milliy gvardiya kavaleriya eskadroniga sayohat tashkil qilindi. Boquvchisini yuqotgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj bulgan 12 nafar fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatilib, kam taminlangan, boquvchisini yo‘qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Xalqaro bolalar kuni” munosabati teatrlashtirilgan konsert-dasturi uchun 980 ta bilet bepul tarqatildi.

Albatta yoshi keksa otaxonu-onaxonlari bo‘lgan xonadonlar fayzli bo‘ladi. Mahallalarda esa ularning o‘gitlar yoshlar uchun tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. 8 ta mahallada anashunday nuroniylar uchun exson dasturxoni yozildi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga osh tarqatildi.

84 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga davolanish uchun tavsiyalar berildi. Yurish imkoniyati cheklangan 4 nafar fuqarolarga esa nogironlik aravachalari topshirildi. Bundan tashqari ayollar daftariga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan 80 nafar onaxon va opa-singillarimiz uchun Zangiota ziyoratgohi hamda Samarqand shahriga sayohatlar tashkil etildi.

Shuningdek, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash mahallalarga 80 dona o‘rindiq (skameyka)lar o‘rnatildi. Mahallalarga 17 dona havo sovutgich, 25 dona kompyuter, 1 dona muzlatgich, 1 dona televizor hamda 78 ta mebellar tarqatildi.Mahallalar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shish va obodonlashtirish maqsadida 9 345 metr ariqlar va 9 080 metr yo‘laklar tozalanib, 3 163 dona daraxtlar oqlandi. 2 787 dona daraxtlarning qurigan shoxlari kesilib, shakl berildi. 30 ga2 maydonning o‘tlari o‘rilib, tekislandi. Maydonlar 78 kub chiqindilardan holi etildi.

Mahalla guzarlarida qurilish taʼmirlash ishlariga va aholi xonadonlari uchun gaz, elektr tarmog‘i tizimlarining sozligiga ham ishchi guruh alohida eʼtiborini qaratmoqda. Jumladan «Kox ota» mahalla guzarida kapital taʼmirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, Ibn Sino mahallasida yengil konstruksiyadan (sendvich panel) 18x9 metr o‘lchamli majlislar zali qurildi.

300 dan ortiq xonadonlarda gaz taʼminoti uchun 1260 metr trubalar, 100 ta burchak (otvod), trubalarni ko‘tarib turish uchun tirgak (opora)lar o‘rnatildi. 60 ta simyog‘ochlar va temir-beton tayanchlari olib kelib o‘rnatildi hamda 15 km. zamonaviy SIP kabellari tortildi. Ishchi guruh tumanda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Text to speech