Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha bo‘yicha Andijon viloyati xokimi qaroriga asosan Andijon tumanidagi Bo‘taqara MFY hududidagi 2 gektar yer maydoni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus transport vositalar orqali ishlov berilib 850 tup xar-xil turdagi mevali daraxtlar ekilib sug‘orish ishlari olib borildi.