Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

PROFESSIONAL BOKS KECHASI

Avval xabar qilganimizdek 3 aprel kuni Toshkentdagi “Humo” arenasida tashkil etiladigan professional boks kechasida O‘zbekistonning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari kuchli raqiblarga qarshi jang qiladi.

Bo‘lib o‘tadigan mazkur boks oqshomida ishtirok etadigan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning raqiblari maʼlum bo‘ldi.

Oldinroq Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Murodjon Ahmadaliyevning raqibi haqida batafsil to‘xtalib, shuningdek, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimovlarning raqiblari haqida ham maʼlum qilingan edi.

Bugun esa qolgan bokschilarimiz qatorida yana ikki nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari +90,7 kg. vaznda Bahodir Jalolov (7-0, 7 KO) – Kristaps Zyutis (7-1-2, 7 KO; Latviya) bilan va -48,99kg. vaznda Hasanboy Do‘smatov (2-0, 2 KO) — Muhsin Kizota (11-2, 5 KO; Tanzaniya). 10 raundlik WBA INTERNATSIONAL chempionlik kamari uchun ringa ko‘tarilishlari maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, -57,15 kg. vaznda Mirazizbek Mirzahalilov (debyut) – Tasha Mjuaji (17-7-2, 5 KO; Tanzaniya) bilan, -69,85 kg. Iqboljon Xoldorov (debyut) – Kluva Bushiri (13-5-1, 5 KO; Tanzaniya) bilan, -90,7 kg. Sanjar Tursunov (2-0, 1 KO) – Ivan Yuxta (3-1-1, 2 KO; Ukraina) bilan kuch sinashishadi.

Bokschilarimizga janglarda omad tilaymiz!

Text to speech