Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

NOMZODLARNI ISHGA QABUL QILISH JARAYONLARI OCHIQ VA SHAFFOF TARZDA O‘TKAZILMOQDA

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi bo‘linmalarida mehnat shartnomasi asosida xizmat olib borayotgan bir guruh harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari nazoratchilarini keyingi bosqichga, yaʼni Qo‘riqlash boshqarmasining shahodatlangan saf bo‘linmalariga xodim sifatida ishga qabul qilish bo‘yicha navbatdagi qabul jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Qo‘riqlash boshqarmasida Milliy gvardiya markaziy apparati, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida nomzodlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ota-onalarga bugungi kunda Milliy gvardiya bo‘linmalarida nomzodlarni ishga qabul qilish jarayonlari hamda tartibi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berilib, ochiq va shaffof o‘tkaziladigan tanlov jarayonlarini bevosita ota-onalar ham kuzatib borishlari mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, nomzodning bilimi va jismoniy qobiliyati sinovdan o‘tkazilishi, bu boradagi meʼyoriy talablar haqida aytib o‘tildi. Shundan so‘ng sinovlarga start berildi. Bunda jami 59 nafar yosh kadrlar ishtirok etib, dastlab ulardan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, yaʼni ustunga tortinish, 100 va 3000 metr masofaga yugurish mashqlari qabul qilindi.
Shundan so‘ng, psixologik test sinovlari o‘tkazildi. Bu jarayonlarda kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lgan, bilimli mutaxassislargina mazkur sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdilar.

Text to speech