Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

QABUL QILINGAN QARORLAR IJROGA QARATILDI

Joriy yilning 6 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” gi va “Surxondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorlarini ahamiyati va mazmunini shaxsiy tarkibga va tegishli federatsiya aʼzolariga yetkazishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti, Uloq-ko‘pkari, Zamonaviy beshkurash va Polo federatsiyalari, Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda shahar va tuman hokimiyati mutasaddi rahbarlari ishtirok etdilar.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘zining maʼruzasida mamlakatimizda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish, ushbu sport turlarining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va eng asosiysi Milliy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish hamda ularni ot sportiga keng jalb etish kabi keng qamrovli vazifalar yurtboshimiz tomonidan Milliy gvardiyaga ishonib topshirilganiga alohida urg‘u berib bu biz uchun sharaf ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, ushbu qarorlarni tayyorlanishida bevosita ishtirok etgan masʼul xodimlar Milliy gvardiyaning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va federatsiya xodimlariga mazkur hujjatda belgilangan konseptual masalalar, jumladan, Milliy gvardiya hamda tegishli federatsiyalarning hamkorlikdagi asosiy vazifalari haqidagi maʼlumotlarni yetkazishdi.

Yig‘ilish ishtirokchilarining chiqishlari asosida mazkur qarorlarning ijrosini taʼminlash, idoralararo hamkorlikni davom ettirish, qarorlarda mustahkamlangan hamda ushbu yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalarni samarali bajarish yuzasidan aniq vazifalar belgilanib, tegishliligi bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Text to speech