Qashqadaryoda gvardiyachilar tomonidan cho'kayotgan fuqaro qutqarib qolindi
Joriy yilning 22-iyun kuni soat 10:00 lar atrofida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi javobgarlik hududida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilari bir fuqaroning hayotini saqlab qolishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, xizmat vazifasini bajarayotgan gvardiyachilar qarshi shahridagi "Qashqadaryo sohili" xiyoboni hududidagi suv havzasida cho‘kayotgan shaxsni payqab qolishgan. Ular zudlik bilan harakat qilib, fuqaroni suvdan olib chiqishgan hamda unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Aniqlanishicha, qutqarilgan fuqaro 19 yoshli B.Sh. bo‘lib, unga tez tibbiy yordam chaqirilgan va u shifoxonaga yetkazilgan.
Shundan so‘ng B.Sh. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filialiga olib borilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli bo‘lib, shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettirmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.