Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha “Milliy gvardiya birinchiligi” yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Sport vazirligi hamkorligida Nukus shahrida harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Milliy gvardiya birinchiligi” o‘tkazildi. Musobaqa yunon-rum kurashi, erkin kurash va ayollar kurashi yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli viloyatlaridan 100 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan mas’ullar, yurtimizda sport sohasiga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor va yosh avlod uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, ishtirokchilarga omad tilashdi.
Ushbu sport tadbiri davomida sportchilar 7 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi. Har bir yo‘nalishda bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechdi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston sportchilari o‘zining yuqori malakasi bilan ajralib turdi. Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan kelgan sportchilar ham katta mahorat namoyish
Natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va 3-o‘rinni Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi qo‘lga kiritdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tantanali marosimda barcha qatnashchilar va mehmonlar sportning yoshlar o‘rtasida ommalashuvi va rivojlanishi uchun tashkil etilgan bunday tadbirlarning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu kabi musobaqalar nafaqat harbiy sportchilar o‘rtasida jismoniy chidamlilik va mahoratni oshirishga xizmat qilmoqda, balki yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, vatanparvarlik va intizom ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kelgusida bunday musobaqalar yanada kengroq doirada, ko‘proq ishtirokchilar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Text to speech