Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIK

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda kadrlar tayyorlash sohasiga tatbiq etish borasida ko‘plab amaliy uchrashuvlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 17 fevral kuni Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi harbiy attashesi, polkovnik Pak An So va Konsul – politsiya attashesi podpolkovnik Kim Mun Chjelarning Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif mobaynida Koreya delegatsiyasi vakillari Institut rahbariyati, o‘qituvchilari va kursantlari bilan uchrashib, harbiy taʼlim muassasasining faoliyati va infratuzilmasi xususan, Axborot-resurs markazi, kutubxona, mashg‘ulot xonalari, Innovatsion rivojlanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish markazi, shuningdek, kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, polkovnik Pak An So va politsiya podpolkovnigi Kim Mun Chje Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibi va kursantlari uchun Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari va Koreya milliy politsiya agentligining tarixi, faoliyati, tuzilmasi, vazifa va majburiyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar harbiy taʼlim sohasida o‘zaro tajriba almashish, harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish, jumladan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti va Janubiy Koreya politsiyasi universitetlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimini tuzish masalalarini ishlab chiqishga kelishib, har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shu bilan birga, do‘stona ruhda kechgan tashrif mobaynida xorijiy mehmonlar uchun faxriy qorovul hamda qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Text to speech