Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublika miqyosida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!» shiori ostidagi “Yoshlar festivali” davom etib, unda Milliy gvardiya hamda kuch tuzilmalari faol ishtirok etmoqda

Yoshlar oyligi doirasida joylarda turli madaniy-maʼrifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari hamda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Harbiy-vatanparvarlik festivalida viloyat hokimlari, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori va vakillari hamda masʼul rahbarlar ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Iqtidor egalariga o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida muhim o‘rin tutadigan kerakli tavsiyalar bilan o‘ziga xos motivatsiya berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy texnikalar bilan ko‘cha bo‘ylab marsh yurishlari namoyish etildi. Festival shukuhi sportsevarlarni ham chetlab o‘tmadi. Chavandozlik mahorat darslari, sportning kamondan otish turi bo‘yicha tashkillashtirilgan musobaqalar barcha yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, faol o‘g‘il-qizlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.Harbiy xizmatchilarning xizmat itlari bilan ko‘rsatgan chiqishlari barchaning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Festivalning badiiy qismida harbiy orkestr jamoalari hamda taniqli sanʼatkorlar Vatanga muhabbatni tarannum ettiruvchi kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Festivalning ahamiyatli jihatlaridan biri bu- barchani birlashtirgan tadbirga nafaqat yoshlar, maktab o‘quvchilari balki Mehribonlik va Oilaviy bolalar uyi farzandlari ham taklif etilganligi bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ularini yana-da singdirishga, isteʼdodli yoshlarni rag‘batlantirishga, yangi iqtidor egalarini aniqlashga, eng asosiysi uyushmgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga keng zamin yaratmoqda.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdek ezgu maqsadni ko‘zlovchi ushbu festival mamlakatimiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda.

Text to speech