Respublikamiz boʻylab giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi hamkorlikdagi tezkor tadbirlar olib borilmoqda
Joriy yilning 6-yanvar kuni Fargʻona viloyati Beshariq tumanida DXX, Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbir davomida 33 yoshli fuqaro T.M. tomonidan 3 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 800 000 (sakkiz yuz ming) soʻm evaziga xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Shuningdek, olib borilgan tezkor tadbir davomida jami 8 (sakkiz) gramm “gashish” giyohvandlik moddasi, 2 dona “Tropikamid” hamda 17 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop moddalar borligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan Beshariq tumani IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.