Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Hamkorlikdagi reyd tadbirlari davom etmoqda

Samarqand viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra joriy yilning 23 fevral kuni Milliy gvardiya, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro M.N. va uning sherigi Yo.R. lar tomonidan davlat belgisi 10 V 659 VAZ 2106 rusumli avtomashinasida, oldindan kelishilgan xaridorga 5 500 000 so‘m evaziga 250 gr miqdordagi o‘tkir hidli “Marixuana”ga o‘xshash giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

****

Sirdaryo viloyatida olingan xabarga ko‘ra 21 fevral kuni soat 14.30 larda Milliy gvardiya, Bojxona, DXX va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari xodimlari hamkorligida M-34 yo‘lining Sirdaryo tumanidan o‘tuvchi qismida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro X.B. o‘ziga tegishli “Ravon” (Nexia 3) rusumli avtomashinasida 2 dona “ShER” bolasini 6500 AQSH dollariga sotish uchun oldindan kelishilgan joyga olib ketayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda “ShER” bolalari belgilangan tartibda Toshkent viloyati hayvonot qo‘riqxonasiga topshirilgan, holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech