Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi

Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi.

Marosimda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari jamoalari hamda masʼullari ishtirok etdi.

Davlat madhiyasining tantanali ijrosidan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov nutq so‘zlab, ishtirokchilarga bellashuvlarda muvaffaqiyat va omad tiladi.

Shuningdek, tantanali tadbirda alohida namunali ko‘rgazmali harbiy orkestr, faxriy qorovul harbiy xizmatchilari, Harbiy musiqa akademik litsey o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, jamoalar o‘rtasida qiziqarli bahslarga start berildi. Dastlab sportchilar estafeta shartida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Voleybol bo‘yicha bellashuvlar bo‘lsa chinakam haqiqiy mardlik va matonat sinovi, halol va keskin bellashuvlar maydoniga aylandi. Qurolni to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratishda yosh harbiylar juda ishonchli harakat qildi.

Musobaqalar yana ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Text to speech