Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI VA O’ZBEKISTON KIKBOKSING ASSOSIASIYASI O’RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Kikboksing Assosiasiyasi o‘rtasida o‘zaro faoliyatlarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Xususan, mazkur uchrashuvda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djuraev va O‘zbekiston Kikboksing Assosiasiyasi prezidenti A. Narmetovlar ishtirok etib, tomonlar Xalqaro Assosiasiyasi tomonidan “Kikboksing” sport turini Olimpiya o‘yinlariga kiritish bo‘yicha berilgan taklif joriy yilda Yaponiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Olimpiadada ijobiy tomonga ko‘rib chiqilishiga va ushbu sport turining nufuzi yanada oshishiga ishonch bildirildi.

Mazkur memorandum kelgusida Milliy gvardiya bo‘linmalarida “Kikboksing” sport turini ommalashtirish, yoshlarimizni hamda tizim harbiy qismlariga chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni ushbu sport turiga keng jalb etish, iste'dodli yoshlarni saralab olish va xalqaro musobaqalarga tayyorlash, shuningdek ularni kelgusida Milliy gvardiyada xizmat qilishda zamin yaratishga karatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Kikboksing Assosiasiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
1. Yoshlar ishlari agentligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport kurashlari assosiasiyasi hamda Dzyudo federatsiyasi,
2. Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi,
3. O‘zbekiston Djit-Kun-Do Federatsiyasi,
4. O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston polo federatsiyasi 

5. O‘zbekiston Uloq-ko'pkari Federatsiyalari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolangan. 

 

Text to speech