Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlari jamoalarining navbatdagi ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy apparati bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya Qirolligi Yorkshir polki orkestri va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi alohida namunali-ko‘rgazmali harbiy orkestri jamoasi ishtirokida "Ohanglar sadosi" nomli navbatdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu madaniy tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi harbiy atashesi Robin Stedmen shuningdek, hamkor vazirliklarning soxaga oid mutasaddilari, Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik litseyi va Toshkent "Temurbeklar maktabi" o‘quvchilari, shuningdek tizim harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirok etishdi.
Mahoratli harbiy dirijyorlar - mayor Ramil Asfandiyarov va Britaniya Imperiyasining yuqori darajali ordeni sohibi, kapitan Garri Kleg rahbarligida orkestrlar tomonidan harbiy yurishlar va zamonaviy musiqiy kompozitsiyalardan iborat improvizatsiyalar ijro etildi.
Konsert davomida ijro etilgan o‘ndan ortiq betakror ohanglar tomoshabinlarni musiqa olamiga sho‘ng‘ish barobarida, ularga unutilmas taassurotlar hadya etdi.
Ijodiy uchrashuv orqali tomonlar o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, kelgusida tantanali tadbirlarni tashkil etishda tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Text to speech