Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi tashabbusi bilan “Harbiy taʼlim tizimida ilm-fan va pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika harbiy ilmiy–amaliy konferensiya tashkil etiladi.
Konferensiya joriy yilning 20 fevral kuni soat 10:00 da Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazining aktivlar zalida oflayn formatda boʻlib oʻtadi. Rejalashtirilgan konferensiyaga 40 ga yaqin vazirliklar (idora)lar, Oliy taʼlim muassasalarining professor oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ishtiroki kutilmoqda.
Harbiy ilmiy-amaliy konferensiyaga ishtirok etish uchun ilmiy maqola va tezislar 2026 yil 12 fevral kuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun tashkiliy qoʻmita masʼullarining telefonlari: (+998-90-958-93-14, +998 99-171-07-36)