Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Til - millat va maʼanviyat ko‘zgusi!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir.

Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Qoshg‘ariyning: «Erdam boshi tildur», yaʼni «Barcha ezguliklar tildan boshlanur», degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror moʻjizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.

Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.

Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: «Tilga eʼtibor – elga eʼtibor», degan dono o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

Taʼkidlash kerakki, ushbu sana har yili butun respublikamiz bo‘ylab o‘zgacha kayfiyatda nishonlanadi. Jumladan, “Turon” axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va “Turon” axborot kutubxona markazi hamkorligida 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Til - millat va maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusidagi insholar tanlovi hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi “Turon” axborot kutubxona markazi rahbariyati, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va “Harbiy musiqa” akademik litseyi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirga tashrif buyurganlar dastlab Abdulla Qodiriy memorial muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va “Harbiy musiqa” akademik litseyi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Til - millat va maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Insholar tanlovida ishtirok etganlar tilimizning paydo bo‘lishi va shakllanish tarixi, o‘zbek tili rivoji va taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va islohotlar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalirini bildirdilar.

Tadbirning badiiy qismda esa, Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi, Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan badiiy va musiqiy chiqishlar yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va “Harbiy musiqa” akademik litseyi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Til - millat va maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining yakuniy natijalari eʼlon qilinib, g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech