Bugun poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” hamda Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining bitiruviga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tarix va bugun uyg‘unlashgan ushbu maskanda yosh bitiruvchilar o‘z hayotlarining muhim bosqichini yakunlab, kelajak sari dadil qadam tashlashdi.
Bugun bu safda turgan yoshlar nafaqat ta’lim muassasasining bitiruvchilari, balki xalq va Vatan manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yadigan, yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga tayyor bo‘lgan avlod vakillaridir.
Kelajakda yurtimiz sharafi va xavfsizligi yo‘lida xizmat qiladigan yoshlarimizga oq yo‘l va ulkan zafarlar tilaymiz!