Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkentda Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlari jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxslarni qo‘lga olishdi

Toshkent shahrida 28 iyul kuni soat 10.00 da Sergeli tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlayotgan Milliy gvardiya xodimlari tashqi kuzatuv kamerasi bozorga kelganlar orasida jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxsni qayd etganligi to‘g‘risida maʼlumot olishdi.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan qidiruvga berilgan E. S. ni qo‘lga olish choralarini tezkorlik bilan ko‘rishdi. Ushbu shaxs Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan 21 yoshli fuqaro bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 (“Firibgarlik”) va 228 ("Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish") moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Qo‘lga olingan shaxs qidiruv tashabbuskoriga topshirish uchun Sergeli tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

Ushbu kuni kechki payt Chilonzor tumanidagi G‘ofura G‘ulom nomidagi hiyobonda jamoat joylaridagi huquq-tartibot va fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, transport vositasini o‘g‘irlaganligi uchun qidiruvda bo‘lgan U. R. ni qo‘lga olishdi.

Qo‘lga olingan shaxs belgilangan tartibda Chilonzor tumani IIO FMBga yetkazildi.

Text to speech