Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkent viloyatida joylashgan “Vatanparvarlar” oromgohida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda yurtimizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga o‘ziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda. Jumladan, yoz mavsumida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli xil jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan saqlash, alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar bilan tizimli ishlar olib borish orqali ulardagi yashirin qobiliyat va imkoniyatlarni kashf etish maqsadida “Vatanparvarlar” tarbiya va sport oromgohlari loyihasi tashkil qilindi.

Ushbu loyihaga joriy yilning 3 iyun sanasidan start berilgan bo‘lib, dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan yoshlar bilan mashg‘ulotlar olib borilgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyatining turli tumanlaridan tashrif buyurgan 210 nafar yoshlar bilan ushbu oromgohda alohida dasturlar asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Eʼtiborli jihati shundaki, ushbu oromgohga tashrif buyurgan yoshlar o‘zlarining qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda alohida dasturlarga bo‘lindi. Bu dasturlar sport bilan shug‘ullanish, psixologik treninglar, harbiy vatanparvarlik loyihalari va intellektual o‘yinlar orqali yoshlarning bilim va saviyasini oshirishga xizmat qiluvchi interaktiv uslubdagi seminarlarni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, ushbu dastur doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, navbatdagi ana shunday tadbirlarning birida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor H. Qarshiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupovlar bevosita ishtirok etdi va yoshlar davra qurgan amfiteatrda samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni qiziqtirgan dastlabki maʼlumot tashrif buyurgan mehmonlarning bu darajaga yetguncha bosib o‘tgan yo‘llari, yelkadagi yulduzlar zalvori, sharafli kasb egalarining fikr-mulohazalari bo‘ldi.

Davra suhbati davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilgach, bir hafta davomida andijonlik o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan turli sport va intellektual musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar tadbir mehmonlari ishtirokida munosib taqdirlandi.

Text to speech