Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

ULUG‘VOR MAQSADLAR TARG‘IBOTI

Kuni kecha Termiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tarbiyalanuvchilar uchun “Men ham harbiy bo‘laman!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda dastlab, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Saidov yoshlar bilan suhbat qurdi. Ochiq va samimiy kechgan muloqotda ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javob va maʼlumotlar berilib, takliflar tinglandi.

Milliy gvardiya safida xizmat qilish istagida bo‘lgan yoshlarga zarur tavsiyalar berilib, bir guruh faol yoshlarga badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida namoyish etilgan harbiylarning qo‘l jangi bo‘yicha sahnalashtirilgan chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir yakunida jangovar texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, o‘g‘il-qizlar ular bilan yaqindan tanishdilar, harbiylar va xodimlarning sharafli vazifalariga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. Yosh avlodning vatanparvarlik ruhida kamol topishiga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

Text to speech