“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni sovrindorlariga topshirildi
Xalqaro Inson huquqlari kuni munosabati bilan xalqaro, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan bir qator mutaxassislar “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Laureatlar Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi polkovnik Mirzayusup Rustambayev hamda Milliy gvardiya Markaziy devoni Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ilhom Turgunov ham bor. Ular inson huquqlari sohasida taʼlim va ilm-fanga qoʻshgan munosib hissasi uchun ushbu mukofotga sazovor boʻldilar.
Mukofotlarni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov topshirdi.
Milliy gvardiya qoʻmondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan Mirzayusup Hakimovich va Ilhom Turgunovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz hamda inson huquqlarini himoya qilishdagi faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.