Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Namangan viloyatida Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Namangan shahridagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan qabulda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Respublika harbiy prokuraturasi harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot avvalida Qurolli kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchi va xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.

Sayyor qabul davomida 100 ga yaqin fuqarolardan turli yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Xizmat vaqtida vafot etgan harbiy xizmatchi va xodimlar oila aʼzolarining bandligini taʼminlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning muammolari joyida ijobiy hal etildi.

Qabul so‘nggida yig‘ilganlarga barcha murojaatlar bo‘yicha qonun hamda normativ huquqiy hujjatlar doirasida tushunchalar berildi. Shuningdek, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni ko‘rib chiqishlari uchun ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, aniq muddatlar belgilandi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi sayyor qabullar harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolarini huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda duch kelgan muammolarni ijobiy hal etishga keng zamin yaratmoqda.

Text to speech