Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi va tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Prezidentimiz — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining 2025 yil 14 fevraldagi farmoniga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimida joriy qilingan yangi Saf nizomi asosida Milliy gvardiyada ikkinchi marotaba “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik-tanlovi uch bosqichda — harbiy qismlar, mintaqaviy hamda respublika bosqichida o‘tkazildi.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan respublika bosqichi sinovlari Jamoat xavfsizligi universiteti bazasida tashkil etilib, unda jamoalarning saf qoidalarini o‘zlashtirganlik darajasi baholandi. Musobaqa jarayonida yakka tartibda qurol va qurolsiz saf usullarini namoyish etish, saf qo‘shig‘ini tantanali ijro etish, jangovar hayqiriq hamda qurol bilan ko‘rgazmali chiqish usullarini bajarish kabi shartlar amalda ko‘rsatildi.

Mazkur ko‘rik-tanlovning final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi “JAR” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev,   Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi U.Shermatov, Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi D.Jalilov, Mudofaa vaziri birinchi o‘rinbosari general-mayor Z.Iminov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor H.Qarshiyev, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari  polkovnik O.Choriyev, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik N.Qodirov, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik X.Batirov, iste’fodagi general-mayor R.Ataxanov,   prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimlari, Milliy gvardiya qo‘mondonligi va boshqarma boshliqlari, harbiy qism komandirlari, faxriylar,  gvardiyachilar va hamkor vazirliklarning harbiy xizmatchi va xodimlari, harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlari va “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari, shuningdek, poytaxtimizdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mehmonlar e’tiboriga gvardiyachilar tomonidan tayyorlangan amaliy ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr ishtirokidagi musiqali kompozitsiyalar taqdim etildi. Respublika bosqichiga yetib kelgan jamoalar tomonidan saf nizomiga kiritilgan yangi saf usullarining mohirona ijro etilishi, shuningdek Faxriy qorovul bataloni jamoasining namunali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Quvonarlisi, mazkur ko‘rik-tanlovda gvardiyachi qizlarning ham ishtirok etgani tizimda gender tenglik masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganining yaqqol dalili bo‘ldi.

Ko‘rik tanloviga kiritilgan jamoa bilan ko‘rgazmali chiqishlar sharti esa barchada qiziqish uyg‘otib, bo‘linmalarning bir butun bo‘lib harakat qilgan holda birdamlik va jipsliklarini namoyon etdi.   

Yakunda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 3-o‘rin Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi va “Sarboz” jamoasiga, 2-o‘rin Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasiga  nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni esa Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ushbu ko‘rik-tanlov Milliy gvardiya tizimida saf tayyorgarligini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkibning kasbiy mahoratini oshirish hamda harbiy intizom va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar gvardiyachilarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini yuksaltirish, yangi Saf nizomi talablarini amaliyotga samarali joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Kelgusida ham bu kabi ko‘rik-tanlovlarni muntazam tashkil etish orqali Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, yosh avlodni harbiy sohaga qiziqtirish va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilishi belgilab olindi.

 

Text to speech