Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILGAN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qator harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan harbiy qismida ham ana shunday “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri va sport musobaqalari tashkil etildi. Dastavval harbiy qism madaniyat saroyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Toshkent tumanida joylashgan 8, 22, 23, 26, 28, 29-umumiy o‘rta taʼlim maktabi va Milliy gvardiyaga biriktirilgan Parkent tumanidagi 5-sonli maktabdan tashrif buyurgan o‘quvchilar harbiy orkestr va harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan saf chiqishlari va Milliy gvardiya faoliyatiga oid video filmni tomosha qilishib, o‘zlari uchun katta taassurotlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, o‘quvchilar ham o‘zlari tayyorlab kelgan qo‘l jangi usullarini namoyish etishdi.

Tadbirning ikkinchi qismi harbiy anjom aslahalar ko‘rgazmasi bilan davom etdi.

Shundan so‘ng, sport saroyida "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadlari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqalar uchta shart asosida bo‘lib o‘tdi. Jumladan Arqon tortish, arm-reystling va Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati tasarrufidagi Keles o‘quv-sport texnika klubi bilan hamkorlikda mohir merganlar bellashuvlari tashkil etildi.

Yakunda tadbirning faol ishtirokchilari va musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech