Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 31 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchi va xodimlar yuksak Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotlarni vazirlik va idoralarda tantanali topshirish marosimlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya tizimlarida o‘z burchiga sadoqat va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarni, xizmat vaqtida mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan safdoshlarimizning yaqinlarini munosib taqdirlash maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev, faxriylar, qo‘mondonlik shaxsiy tarkibi hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni tizimda o‘tgan qisqa davr mobaynida amalga oshirilgan tub islohotlar va ularning tahliliga to‘xtalar ekan, kelgusi 2023 yilda bu harakatlarni maksimal darajaga olib chiqish hamda oldinda turgan eng muhim va ustuvor vazifalardan biri yoshlarni sprrtga jalb etish va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida Davlatimiz rahbari Farmoni bilan, tizimda xizmat olib borayotgan 17 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga davlat mukofotlari 10 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga navbatdagi “polkovnik” harbiy (maxsus) unvonlari topshirildi. 11 nafar harbiy xizmatchi va xodima ayollar “To‘maris malikasi” ko‘krak-nishoni bilan taqdirlandi.

Xizmat chog‘ida halok bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari

va xodimlari yod etilib, ularning oila aʼzolariga pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan ko‘krak nishonlari faxriy yorliq hamda qimmatbaho ssovg‘alar o‘z egalariga topshirildi.

Text to speech