Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YANGI TIZIM ORQALI ULKAN MARRALAR SARI

Bugun 12 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djuraev raisligida “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining ijrosiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Oldin xabar qilganimizdek, mazkur qarorni mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida hamkor vazirlik va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida videoselektor bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi yig‘ilishda Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalari boshliqlari va ushbu yo‘nalishga mas'ul harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish mobaynida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mazkur qarorda belgilab berilgan aniq vazifalar va maqsadli yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Shu vazifalar yuzasidan joriy qilingan yangi tizimga asosan, Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari hamda yangi tashkil qilingan birinchi boshqarma boshlig‘i lavozimiga polkovnik A.Pirmatov va ikkinchi boshqarma boshlig‘i lavozimiga polkovnik Z.Abdullaevlar tayinlanganligi ma'lum qilindi.
Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida yangi joriy qilingan ikkita yo‘nalish "Mehribonlik" bolalar muassasalari bilan ishlash hamda Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlari boshqarmalarning asosiy vazifalariga alohida urg‘u berildi.
Joylardagi rahbarlar tomonidan qisqa muddatlarda respublika bo‘yicha Mehribonlik uylari direktori o‘rinbosarlari hamda Chavandozlik maktablari direktori lavozimlariga Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan munosib nomzodlar o‘rganilib, o‘rnatilgan tartibda tayinlanishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.
Qarorlar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ushbu yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlarni OAV da muntazam yoritilib, buyuk o‘zbek xalqining “Bitta farzandga yetti mahalla ota-ona” degan zarhal harflar bilan bitilgan va bizgacha ma'naviy meros bo‘lib yetib kelgan muqaddas qadriyatlarimizni yod olgan holda, mehribonlik uylaridagi bolajonlarga bo‘lgan qarashimizni va e'tiborimizni o‘zgartirishimiz kerakligini targ‘ib qilish uchun Axborot xizmatiga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Oilaviy bolalar uylarini tashkil etishda fuqarolarga ko‘maklashish hamda “Mehr daftari”ga kiritiladigan bolalarni ma'nan, moddiy va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash orqali ularning yorqin kelajagini yaratib berish ishlarini Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari bilan birgalikda amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan mazkur qarorlarning tarixiy ahamiyatiga urg‘u berilib, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun joriy qilingan ushbu yangicha tizim, ularni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari hamda Milliy gvardiya ko‘magida ulkan marralarga erishishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Text to speech